“RDM” ya’ni Ravshan Davolash Maskaniga 2003 yilda asos solingan bo’lib. Ushbu klinika Sirdaryo viloyatida birinchi xususiy klinikalardan bo’lgan. Klinikaga Yariev Sirojiddin Ravshanovich tomonidan asos solingan.
RDM – o’z ish faoliyatini yo’lga qo’yganda klinikamizda 1 dona UZI, EKG, Laboratoriya hamda 6 nafar shifokor, 20 nafar yotoq o’ringa mo’jallangan statsionardan tashkil topgan. Oradan yillar o’tib ya’ni 2009 yil ushbu yotoq o’rinlarini 80 nafarga, xizmat ko’rsatish turlarini esa yanada takomillashtirgan. 2014 yilda esa MRT (Магнитно-резонансная томография ) hamda Rentgen apparatlarini o’z hizmat turlariga qo’shgan, qisqa muddat ichida 2017 yil MSKT (multispiral computed tomography) klinikada olib kirgan. Shu yilning o’zida xirurgiya bo’limini barpo etish bilan birgalikda yana 60 yotoq o’rinlari qoshilgan. Hozirgi kunda “RDM” da 140 yotoq o’rinli: shundan 80 tasi terapevtik, 60 tasi xirurgikdir.
Hozirda klinikamizda 35 nafar shifokor hamda 55 hamshiralar o’z burchlarini sitqi dildan ado etib kelmoqda. Bizning klinikamizda Kardiolog, Nevropatolog, Endokrinolog, Pulmonolog, Gematolog, Revmatolog, Pediatr, Allergolok, Oftalmolog, Terapevt, Stomatolog, Dermatolog mutaxasislarimiz faoliyat ko’rsatadi. Jarroxlik yo’nalishlari bo’yicha: Qon tomir jarrohi, Abdominal jarroh, Jarroh, Neyrojarroh, Urolog, LOR, Travmatolog - ortoped, Ginekolog, Proktolog, Plastik jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
Quyidagi diagnostik tekshiruvlar: MRT, MSKT, Rentgen, UZI, Dopler, Exo KG, Irigrografiya, Retro – va antegrad urografiya, Ekskretor urografiya, Tsistoskopiya, Kolposkapiya, LOR kombain, Tredmil test, Holter monitoring, EKG, EEG va 200ga yaqin laborator tekshiruvlar bizda mavjud.
"Ravshan Davolash Maskani" – yuqori aniqlikdagi diagnostika, laboratoriya tekshiruvlari, jarrohlik operatsiyalari va boshqa turdagi tibbiy xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan Sirdaryo viloyatidagi klinikalarning eng yirik xususiy tibbiyot tarmog'i "Ravshan Davolash Maskani"da uzoq muddatli tiklanishni talab qiladigan bemorlar uchun yuqori komfort xonalari va doimiy xodimlarni kuzatish, agar kerak bo'lsa, reanimatologning nazorati ostida intensiv terapiya amalga oshiriladi. Kasalxonada qolish shartlarining xilma-xilligi qulay sharoitda kasalxonaga yotqizish bilan maqbul davolash rejimini tanlash imkonini beradi.
Bizning kasalxonada davolash-bu:
1) Qulay palatalar (er xotin uchun alohida, Luxe palata), xar bir palatada televizor, bemorlarni ko’rish uchun tashrif buyurganlar uchun alohida zal, “RDM” da davolanayotganlar uchun simsiz internet (Wi-Fi);
2) tez va sifatli tashxis;
faqat jarrohlik va davolash samarali usullari jahon tibbiyot hamjamiyati tomonidan qabul qilingan standartlardan foydalanish;
3) shifokor nazorati ostida keng qamrovli operatsiyadan keyingi reabilitatsiya;
4) Yuqori sifatli fizioterapiya va yoqimli massaj;